logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» yarim himoyachisi: «Biz ideal o'yin o'tkazdik»

 4 FEVRAL, 2026, 12:18

«Milan» Italiya chempionati yigirma uchinchi turining so'nggi o'yinida kutilmaganda osonlik bilan «Bolonya»ni safarda mag'lub etdi va raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. Yarim himoyachi Yussuf Fofananing fikricha, «rossonerilar» ideal o'yin namoyish etgan.

«Biz aynan shunday o'yin o'tkazishni istagan edik. Ideal o'yin. Biz birorta ham gol o'tkazib yubormadik va uchta to'p kiritdik. Endi keyingi bahsgacha biroz tin olish, balki futboldan boshqa narsalar haqida ham o'ylash mumkin. Bu keyingi qadam uchun juda muhim», — deya Fofananing so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

«Milan» Seriya A jadvalida ikkinchi o'rinda qolmoqda. Jamoa o'zining navbatdagi uchrashuvini faqat o'n uchinchi fevral kuni «Komo»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ