logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Timber: «Arsenal» g'alabalarga o'ta chanqoq»

 4 FEVRAL, 2026, 12:12

Londonning «Arsenal» klubi qanot himoyachisi Yurren Timber Angliya liga kubogi yarim finalining javob o'yinida «Chelsi» ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

«Stadionda ajoyib muhit hukm surdi. Endi bizni «Uembli» kutmoqda. Bizga qarshi kuchli raqib o'ynadi. «Chelsi» ustidan ikki bor g'alaba qozonish — bu bizning katta mehnat qilganimizdan dalolatdir. Bizda ulkan ishtiyoq bor — «Arsenal» g'alabalarga juda chanqoq», — deya niderlandiyalik himoyachining so'zlarini keltirmoqda BBC Sport.

«To'pchilar»ning finaldagi raqibi «Manchester Siti» va «Nyukasl» qarama-qarshiligida aniqlanadi. Birinchi bahsda Xosep Gvardiola shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Javob o'yini 4 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ