logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano "Real"ning Upamekanoga qiziqishi haqida gapirdi

 4 FEVRAL, 2026, 11:18

"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano katta ehtimol bilan klubda qoladi. Bir qator nufuzli manbalar xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lgan.

Frantsiyalik himoyachiga Madridning "Real" klubi kabi Evropa grandlari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, Upamekano "qirollik klubi"dan aniq taklif olmagan — rasmiy muzokaralar olib borilmagan. "Qaymoqranglilar" shunchaki futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganib chiqishgan, xolos.

Dayo Upamekanoning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, yaqin vaqt ichida kelishuv uzaytirilgani rasman e'lon qilinadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ