logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Fenerbaxche» Kante transferini rasman e'lon qildi

 4 FEVRAL, 2026, 08:36

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi matbuot xizmati «Al-Ittihod» jamoasining markaziy yarimhimoyachisi N’Golo Kante bilan shartnoma imzolanganini rasman ma'lum qildi. Bu haqda turk klubining rasmiy saytida xabar berildi.

«Ayrim hikoyalar vaqt talab qiladi, ammo ular yakunsiz qolmaydi. “Fenerbaxche”mizga xush kelibsiz, N’Golo Kante», — deb yozdi klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida.

Avvalroq insayder Fabritsio Romano «Fenerbaxche» va «Al-Ittihod» hujjatlarni rasmiylashtirishdagi muammolardan so'ng FIFAdan transfer uchun «yashil chiroq» olishga muvaffaq bo'lganini xabar qilgan edi.

Ma'lum qilinishicha, futbolchi bilan turk klubi o'rtasidagi shartnoma 2028 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, hujjatlar bilan bog'liq muammolar sabab transfer transferlar oynasi davrida rasmiylashtirilmagan. Shundan so'ng turk klubi «Al-Ittihod» rahbariyatini transferning amalga oshmay qolishida ayblagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ