«G'azalkent» Turkiyada bir oy yig'in o'tkazib, 8 ta nazorat uchrashuvini ishtirok etadi
4 FEVRAL, 2026, 08:24
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan «G'azalkent» jamoasi o'z tarixida birinchi marta o'quv-mashg'ulot yig'inini xorijda o'tkazadi. Shu maqsadda, jamoa ertaga Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi.
Jamoamiz 4 fevraldan 4 martga qadar Antaliyada bo'lib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'radi. U erda futbolchilar jismoniy va taktik holatini yaxshilash ustida ishlaydilar.
Shuningdek, yig'in davomida bir qator xorijiy klublar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

