logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bayer» Germaniya Kubogining ilk yarim finalchisiga aylandi

 4 FEVRAL, 2026, 03:24

«Bayer» o'z maydonida Germaniya Kubogi chorak final bosqichi doirasida «Sankt-Pauli»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Mezbonlarga g'alabani Martin Terre (31-daqiqa), Patrik Shik (63-daqiqa) va Yonas Xofmann (90+2-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar taqdim etdi.

Shu tariqa, «Bayer» Germaniya Kubogining ilk yarim finalchisiga aylandi. Qolgan uchta jamoa nomi «Bavariya» — «Leyptsig», «Gerta» — «Frayburg» va «Xolshtayn» — «Shtutgart» juftliklari o'rtasidagi bahslardan so'ng ma'lum bo'ladi.

Bayer - Sankt-Pauli - 3:0

Gollar: Terre, 31 (1:0). Shik, 63 (2:0). Xofmann, 90+2 (3:0)

Bayer: Blasvix, Andrix, Tapsoba, Kuansa, Garsiya (Bade, 89), Palasios (Artur, 58), Grimaldo, Vaskes (Fernandes, 58), Tillman, Terre (Xofmann, 65), Shik (Kofane, 89)

Sankt-Pauli: Foll, Sends, Mets, Ando, Fudzita (Irvayn, 68), Rasmussen (Sisey, 89), Oppi (Saliakas, 46), Piirka, Sinani, Kars, Pereyra Laj (Djons, 46, Xara, 80)

Ogohlantirishlar: Garsiya, 44 - Fudzita, 19. Ando, 50

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ