logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya liga kubogi. Xaverts so'nggi soniyalarda «Chelsi»ni jazoladi: «Arsenal» finalda!

 4 FEVRAL, 2026, 03:12

“Arsenal” o'z maydonida Angliya liga kubogi yarim final javob uchrashuvida “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinning 90+7-daqiqasida “Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi Kay Xaverts tomonidan urilgan yagona gol bahs taqdirini hal qildi.

Dastlabki uchrashuv ham “Arsenal”ning safardagi g'alabasi (3:2) bilan yakunlangan edi. Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari turnirning final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Ikkinchi finalist nomi “Manchester Siti” va “Nyukasl” qarama-qarshiligida aniqlanadi. Ilk o'yinda “shaharliklar” 2:0 hisobida zafar quchishgan. Javob uchrashuvi bugun, 4 fevral, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Arsenal - Chelsi - 1:0

Gol: Xaverts, 90+7 (1:0)

Arsenal: Arrisabalaga, Saliba, Gabriel Magalyayns, Inkape, Timber, Subimendi, Rays, Eze, Martinelli, Madueke (Trossar, 69), Dekeresh (Xaverts, 69)

Chelsi: Sanches, Chaloba, Xato (Palmer, 60), Fofana, Fernandes, Santos (Garnacho, 75), Kaysedo, Kukurelya, Gyusto (Achimpong, 87), Delap (Estevan, 60), Joao Pedro

Ogohlantirishlar: Delap, 56. Gyusto, 68. Estevan, 71

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ