"MYu" yozda yangi chap qanot vingeri izlaydi
3 FEVRAL, 2026, 17:30
"Manchester Yunayted" kelasi yozgi transfer oynasidagi transfer maqsadlarini aniqlab olmoqda.
United Stands xabariga ko'ra, "qizil iblislar" yozda jamoa chap qanot hujumini kuchaytiradigan futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Variantlardan biri - "RB Leyptsig"dan Yan Diomande.
19 yoshli ivuarlik futbolchi Transfermarkt portalida 45 million evroga baholanmoqda. Uning "buqalar" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
