logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Albasete" murabbiyi "Barselona" bilan kubok o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi

 3 FEVRAL, 2026, 16:00

"Albasete" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Alberto Gonsales Ispaniya kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'z ishimizni yaxshi bajarish orqali ularni to'xtata olamiz. Birinchi qadam - hujumni to'xtatish va buni amalga oshirganimizdan so'ng, bizda oz bo'lsa-da, imkoniyatlar bo'lishini tushunishimiz kerak", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Marca.

"Albasete" Ispaniya futbolining ikkinchi eng kuchli divizioni bo'lgan Segunda divizionida o'ynaydi. Ispaniya Kubogining 1/8 finalida Gonsales shogirdlari sensatsion tarzda Madridning "Real" klubini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ