logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik dunyoning eng yaxshi futbol klubini e'lon qildi

 3 FEVRAL, 2026, 15:06

Kataloniyaning "Barselona" klubi ustozi sifatida faoliyat olib borayotgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik "ko'k-anorranglilar" haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barselona"ni yaxshi ko'raman. Men uchun bu dunyoning eng yaxshi futbol klubi. Menga bu shaharda yashash va ishlash yoqadi. Bizda ajoyib rahbariyat va murabbiylar shtabi bor. Shuningdek, mening ixtiyorimda aql bovar qilmaydigan futbolchilar bor", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

60 yoshli nemis Kataloniya jamoasini 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi. La Liganing 22-turidan keyin "Barselona" 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ