logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dyugarri: «Renn» «Liverpul»dek ahmoqni topa oldi»

 3 FEVRAL, 2026, 13:36

Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri «Renn»dan «Liverpul»ga o'tgan 20 yoshli markaziy himoyachi Jeremi Jake transferiga munosabat bildirdi.

Transfer summasi 60 million evro va qo'shimcha 12 million evro bonuslardan iborat.

«Jakeni xafa qilmoqchi emasman. U aybdor emas, unga omad tilaymiz, chunki u yaxshi futbolchi. Lekin bunday ahmoqona transfer… «Renn»ga ofarin.

«Renn» 72 million evro berishga tayyor bo'lgan «Liverpul»dek ahmoqni topa oldi.

Ingliz klublari transferlarga o'nlab millionlarni sarflayversin. Futbol aqldan ozyapti. Bunga qandaydir oqlov bordek ko'rsatishni to'xtataylik. Buni hech qanday tarzda oqlab bo'lmaydi», — dedi Dyugarri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ