"Marsel" yangi transfer e'lon qildi
3 FEVRAL, 2026, 12:30
Ximad Abdelli "Anje"ni tark etib, "Marsel"ga o'tdi.
"Olimpik" 26 yoshli yarim himoyachini sotib olganini e'lon qildi. RMC Sport xabariga ko'ra, u uchun bonuslardan tashqari 3 mln evro to'langan.
Shuningdek, "Marsel" "Sassuolo"ga Darril Bakolni sotdi va sotib olish huquqi bilan Ulisses Garsiyani ijaraga berdi. Shuningdek, italiyaliklar Ismoil Koneni Frantsiya klubidan sotib oldi.
