logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ukraina futbol assotsiatsiyasi Infantinoning Rossiya haqidagi so'zlaridan so'ng rasmiy bayonot berdi

 2 FEVRAL, 2026, 23:00

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoning Rossiyaning yaqin vaqt ichida xalqaro maydonga qaytishi mumkinligi haqidagi so'zlaridan so'ng bayonot berdi.

Ukrainada FIFA rahbarini Rossiyani chetlatish haqidagi qarorni bekor qilmaslikka chaqirishdi.

"Biz taqiq ishlamayapti, degan fikrga qo'shilmaymiz. Rossiyaning istalgan terma jamoalarining ehtimoliy qaytishi musobaqa xavfsizligi va yaxlitligini xavf ostiga qo'yadi," - deyiladi UFA matbuot xizmati xabarida.

U erda qo'shimcha qilinishicha, musobaqada ishtirok etishni taqiqlash Rossiyaga bosim o'tkazish uchun etarlicha samarali chora hisoblanadi.

Rossiyaning qaytishi masalasi 30 aprel kuni Vankuverda bo'lib o'tadigan FIFA kongressi yig'ilishida ko'tarilishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ