logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronalduning noroziligidan so'ng Benzemaning "Al-Hilol"ga transferi to'xtab qoldi

 2 FEVRAL, 2026, 22:18

Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi (PIF) "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning bosimi ostida "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaning o'tishi bo'yicha muzokaralarni vaqtincha to'xtatdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Benzema bo'yicha kelishuv fondning "An-Nasr"ga qo'shimcha transfer byudjetini berishni istamayotganidan hafsalasi pir bo'lgan Ronalduning noroziligidan keyin vaqtincha rad etilgan. Avvalroq, OAV ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik o'yinlarni boykot qilish bilan tahdid qilgan edi.

2 fevral, dushanba kuni Ronaldu mavsumda ilk bor jamoasi qaydnomasidan o'rin olmadi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 20-turidan o'rin olgan "Ar-Riyod"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi "An-Nasr", "Al-Ittihod", "Al-Hilol" va "Al-Ahli" klublariga egalik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ