logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" va "Bolonya" rasman futbolchi almashdi

 2 FEVRAL, 2026, 19:48

"Yuventus" va "Bolonya" klublari himoyachilar almashinuvini rasmiylashtirdi. Shu tariqa, "Byankoneri" safiga 25 yoshli shvetsiyalik o'ng qanot himoyachisi Emil Xolm o'tdi. "Bolonya" tarkibini esa Xolmning deyarli tengdoshi, xuddi shunday pozitsiyada harakat qilayotgan 26 yoshli Joau Mariu to'ldirdi.

Har ikki futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida yangi klublarida o'ynaydi. Shunga qaramay, "Yuve" istasa, Xolmni "Bolonya"dan sotib olishi mumkin. "Bolonya"da ijarachini sotib olish imkoniyati yo'q.

"Yuventus" A Seriyada 45 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. "Bolonya" ulardan ancha pastda - to'qqizinchi o'rin va 30 ochko.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ