logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bu mening muammom emas". "Al Ittihod" bosh murabbiyi Benzema haqida fikr bildirdi

 2 FEVRAL, 2026, 18:32

"Al Ittihod" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau yangi shartnoma bilan bog'liq muammolar fondida jamoa o'yiniga chiqishdan bosh tortgan hujumchi Karim Benzema atrofidagi vaziyatga ilk bor izoh berdi.

Portugaliyalik mutaxassis bo'layotgan holatni o'z masuliyati doirasiga kiritmasligini va shartnoma bo'yicha mojarodan uzoq turishni afzal ko'rishini ochiq-oydin aytdi.

"Benzemaga oid barcha savollar rahbariyatga. Mening vazifam — jamoa, natija va sovrinlar. Karim — katta professional va juda yuqori darajadagi o'yinchi. U bilan ishlash men uchun sharaf", – dedi Konseysau.

Avvalroq Benzema yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar to'xtatilganini bilib, "Al Ittihod" safida o'ynashdan bosh tortgani malum bo'lgandi. Franciya OAV malumotlariga ko'ra, klub forvardga maoshni jiddiy qisqartirishni taklif qilgan, daromadning katta qismini esa tijoriy va imij huquqlaridan ajratmoqchi bo'lgan.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">

Franciyalik futbolchi bunday shartlarni haqorat deb qabul qilib, buni "bepul o'ynashga" majburlashga urinish deb baholagan. Natijada "Al Fath"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaslik haqidagi qaror uchrashuvga bir necha soat qolganida qabul qilingan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ