"Real" jarohat olgan Bellingemning tashxisini malum qildi
2 FEVRAL, 2026, 17:00
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemda chap oyoq mushaklari jarohati aniqlangan, deb xabar berdi Madrid klubi matbuot xizmati."Real" yakshanba kuni Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida "Rayo Valekano"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bellingem uchrashuvning 8-daqiqasidayoq jarohat oldi va ko'zyoshlari bilan maydonni tark etdi.
"O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra Bellingemda chap oyoq yarim pay mushagi jarohati aniqlandi", – deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.
"Marca"ga ko'ra, 22 yoshli angliyalik xavbekning tiklanishi uchun taxminan 1 oy vaqt kerak bo'ladi.
Bellingem joriy mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: olamsport.com
