logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Aleks Volkanovski navbatdagi raqibi sifatida kimni ko'rayotganini aytdi

 2 FEVRAL, 2026, 15:48

UFC yarim engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski divizionda navbatdagi raqibi sifatida kimni ko'rayotganini malum qildi.

"Qanday jangchi ekanimni bilasiz. Men munosib raqiblar bilan jang qilmoqchiman. Movsar va Leron Myorfi bor. Aytishlaricha, ular o'zaro jang qilishar ekan. Bu faqat gap-so'zmi yoki rostdan ham shundaymi — bilmayman. Agar ular o'zaro jang qilsa, ajoyib bo'ladi. Men o'sha jangni kuzataman. Agar navbatdagi jangim yarim engil vaznda bo'lsa, demak, ulardan biri raqib bo'lishi kerak.

CHempion sifatida meni tushunish oson: kim munosib bo'lsa — o'sha navbatdagi raqib. Bu — chempion sifatidagi masuliyat. Hamma chempionlar bunga shunday qaramaydi, lekin men uchun bu — oddiy masuliyat.

Reytinglar bekorga tuzilmagan. Unda munosib jangchilar bor. Agar kimdir top-15 ga kirsa ham, men faol bo'lib, munosiblarga imkoniyat berishga tayyorman, toki ular uzoq kutmasin. Aks holda, boshqalarni chetlab o'tib, o'z ishimni qilmagan bo'laman. UFC bilan gaplashib, nima deyishlarini ko'raman", — dedi Volkanovski MMAJunkie’ga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ