logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Larsen "Kristal Pelas"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

 2 FEVRAL, 2026, 15:30

"Vulverxempton" hujumchisi Yorgen Strann Larsen "Kristal Pelas"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu haqda Sky Sports News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hammasi rejadagidek ketmoqda. Tez orada bitim to'liq yopiladi. Larsenning xaridi "burgutlar"ga 55,7 mln evroga tushadi.

Joriy mavsumda 25 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, olti marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va ikkita assist muallifiga aylandi.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali ma'lumotlariga ko'ra, Larsenning narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ