logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston 2026 yilgi Qishki Olimpiya o'yinlarida necha ishtirokchi bilan qatnashishi malum

 2 FEVRAL, 2026, 14:16

Bu haqida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. O'zbekistonlik sportchilar ushbu yilning eng nufuzli musobaqalaridan biriga 4 ta yo'llanma qo'lga kiritishdi.

Saralash cikli yakuniga ko'ra, Dmitriy CHigirev hamda Ekaterina Geynish figurali uchishning juftlik, Medet Nazarov tog' chang'isining slalom va gigant-slalom, Daniil Eybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yo'nalishlarida Olimpiada yo'llanmalariga sazovor bo'lishdi.

Afsuski, tayyorgarlik jarayonida Dmitriy CHigirev jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi. SHu bois, musobaqalarda sportchilarimiz faqatgina tog' chang'isi va short-trek dasturlarida startga chiqishadi.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak qishki Olimpiya o'yinlari 6-22-fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-dʻAmpesso shaharlarida o'tkaziladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ