logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Safonov «PSJ»ning asosiy darvozaboniga aylanadimi? Luis Enrike javob berdi

 2 FEVRAL, 2026, 14:00

"PSJ" ustozi Luis Enrike Matvey Safonov qanday qilib jamoaning asosiy darvozaboni bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Uning aytishicha, aniq bir "retsept" yo'q. "Birinchi raqam" maqomi bir nechta omillarga bog'liq bo'ladi.

"Safonov qanday qilib "PSJ"ning asosiy darvozaboni bo'lishi mumkin? Bilmadim, bu natijalarga, hayotga, ko'p narsalarga bog'liq. Buni vaqt ko'rsatadi. Murabbiy sifatida yuqori saviyadagi bir nechta darvozabonlarim borligidan xursandman," - dedi Enrike.

Bir kun avval "PSJ" "Strasburg"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Safonov bu uchrashuvda penaltini qaytardi. Avvalroq Matvey o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytargan ilk darvozabon sifatida tarixga kirgandi. Bu "Flamengo"ga qarshi qit'alararo kubok finalida sodir bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ