logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

https://m.stadion.uz/news/detail/545095

 2 FEVRAL, 2026, 13:48

Madridning "Real" klubi uzoq vaqtdan beri himoyalanishda muammolarga duch kelmoqda, bu esa o'tkazib yuborilgan gollar statistikasida o'z aksini topgan. O'tgan yil boshidan buyon "qaymoqranglilar" barcha musobaqalarda 76ta o'yinda 94ta gol o'tkazib yuborgan. Opta xabariga ko'ra, Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida ishtirok etgan barcha jamoalar orasida bu davrda faqat Frankfurtning "Ayntraxt" klubi "qirollik klubi"dan ko'proq gol o'tkazib yuborgan (55 o'yinda 96ta).

Alvaro Arbeloa Madrid grandining Karlo Anchelotti va Xabi Alonsodan keyingi uchinchi murabbiyi hisoblanadi. Yakshanba kuni "Real" "Rayo Valekano" ustidan qozonilgan g'alabani 100-daqiqada Kilian Mbappening penaltidan urgan goli evaziga ilib ketdi (2:1). Jamoa La Liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ