Ayrton Sennaning "Formula-1"dagi bolidi kimoshdi savdosiga qo'yildi. Boshlang'ich narx - 9,5 mln dollar! (+FOTO)
2 FEVRAL, 2026, 13:32
1986 yilgi mavsumda afsonaviy braziliyalik poygachi Ayrton Senna ishtirok etgan Lotus 98T avtomobili RM Sotheby’s aukcionida sotuvga qo'yildi.Qora va oltin ranglarda bezatilgan bu avtomobil 1986 yilgi mavsumda sakkizta Gran-prida qatnashgan. Aynan shu mashinada Senna o'sha yili ikkita g'alabasini qo'lga kiritgan - Ispaniya Gran-prisi va Detroytdagi AQSH Gran-prisi.
Lot narxi 9,5 milliondan 12 million dollargacha. Agar sotuv yuqori chegarada amalga oshirilsa, avtomobil "Formula-1" tarixidagi eng qimmat poyga mashinalari beshtaligiga kirishi mumkin. Hozircha rekord Xuan-Manuel Fanxioning 1954 yilda ishlab chiqarilgan W196R "Mersedes"iga tegishli bo'lib turibdi. Ushbu bolid 2025 yilda 53,01 million dollarga sotilgan.



Manba: olamsport.com
