logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola "Manchester Siti" chempion bo'lishiga ishonadimi?

 2 FEVRAL, 2026, 04:42

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni "shaharliklar" Premer-liga 24-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi safar o'yinida g'alabani boy berishdi - 2:2. Jadval peshqadami "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolmoqda.

Jurnalistlar Gvardioladan chempionatda "taslim bo'lib" boshqa turnirlarga ustunlik berishga tayyormisiz, deb so'rashganida, ispaniyalik "finishga 14 tur qolganida?!", dedi.  Shuningdek, mutaxassis hamon chempionlik unvoniga ishonishini tan oldi: "Imkoniyat bor ekan, umid hamisha so'nmaydi".

4 fevral kuni "Manchester Siti" Liga kubogi yarim final javob bahsini "Nyukasl"ga qarshi o'tkazsa, yana 4 kun o'tib chempionat doirasida "Liverpul" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ