logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» «Bolonya» himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi

 1 FEVRAL, 2026, 23:00

«Yuventus» «Bolonya» himoyachisi Emil Xolmning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Kecha futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olingan edi, endilikda klublar o'rtasida ham sotib olish huquqi bilan ijara masalasida kelishuv bor.

Avvalroq Xolm «Yuventus» himoyachisi Joau Mariu Netuga almashtirilishi mumkinligi aytilgan edi. Romano ma'lumotiga ko'ra, reja bo'yicha ish bitsa, Joau Mariu alohida shartnoma asosida ijaraga «Bolonya»ga o'tadi.

Emil Xolm joriy mavsumda A Seriyada 11 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Joau Mariu esa Italiya chempionati-2025/26 mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta sariq kartochka olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ