logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga klubida iste'fo yuz berdi

 1 FEVRAL, 2026, 17:24

«Verder» Bundesliganing 20-turida Menxengladbaxning «Borussiya»si bilan 1:1 hisobida durang o'ynaganidan so'ng bosh murabbiy Xorst Shteffen bilan xayrlashishga qaror qildi.

Bu haqda yakshanba kuni klub sport direktori Klemens Fritts ma'lum qildi. Ushbu o'yin «Verder» uchun Germaniya chempionatida ketma-ket g'alabasiz o'tgan 10-uchrashuv bo'ldi. Jamoa 7 noyabrdan beri g'alaba qozona olmayapti va hozirda turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.

Shteffen «Verder»ga o'tgan yozda «Elfersberg»dan kelgan edi. Uning qo'l ostida jamoa Bundesligada 20 ta o'yin o'tkazib, 4 marta g'alaba qozondi, 7 bor durang o'ynadi va 9 marta mag'lub bo'ldi.

Mavsumning qolgan qismida «Verder»ni vaqtincha murabbiy yordamchilari — Rafael Duarte va Kristian Gross boshqaradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ