logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romanolining "Latsio"dan Qatarga transferi barbod bo'ldi

 1 FEVRAL, 2026, 17:18

"Latsio" himoyachisi Alessio Romanoli "Al-Sadd"ga o'tishi mumkin edi, ammo transfer so'nggi pallada barbod bo'ldi.

31 yoshli italiyalikning Roberto Manchini murabbiyligidagi jamoaga o'tishi kelishib olingan, tomonlar hujjatlar bilan almashishgan, biroq Qatar klubi mamlakatda qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar kelishuvni rasmiylashtirishga ulgurmagan.

Alfredo Pedullaga ko'ra, rimliklar avvaliga Alessioni taxminan 10 million evroga sotishga rozi bo'lgan, keyin ko'proq so'rashgan va yakunda transferni yopishga ulgurishmagan.

Rudi Galettining ta'kidlashicha, Romanoli "Latsio"ga o'tishi kerak bo'lgan 600 ming evrodan voz kechishni istamagani uchun transfer amalga oshmay qolgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ