Karim Benzema "Yuventus"ga o'tishi mumkin
1 FEVRAL, 2026, 14:00
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Evropaga qaytishi mumkin.Franciyalik futbolchini "Yuventus" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ehtimoliy transferga yagona to'siq hujumchining yuqori maoshi bo'lishi mumkin. Ammo u maoshini kamaytirishga rozi bo'lsa, turinliklar transferni rasmiylashtirishga tayyor bo'ladi.
Benzemaning "Al Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Hujumchi yangi bitim imzolamoqchi emas.

Manba: olamsport.com
