logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC 325 turnirining bonus sohiblari malum bo'ldi

 1 FEVRAL, 2026, 13:32

Yodingizda bo'lsa, UFC rahbari Dana Uayt bonus, yani mukofot pulini ikki barobarga oshirgan edi.

Biroz avval Avstraliyaning Sidney shahrida yakuniga etgan UFC 325 turnirining ana shu bonus sohiblari elon qilindi. Oqshomning asosiy jangi ishtirokchilari - avstraliyalik chempion Aleksandr Volkanovski hamda braziliyalik davogar Diego Lopes o'rtasidagi to'liq yigirma besh daqiqa davom etgan bahs bugungi turnirning "Eng yaxshi jangi" deb topildi.  

Yarim engil vazn toifasi chempionligi uchun kechgan revansh maqomidagi jang yakunida amaldagi kamar sohibi hakamlarning yakdil qarori (50-45, 50-45, 49-46) bilan g'alaba qozongandi. Har ikki jangi kafolatlangan gonorardan tashqari 100 ming AQSH dollaridan bonus ishlab olishdi.

Eslatib o'tamiz, Volkanovski o'tgan yilning aprel oyida ham hakamlarning yakdil qarori bilan Lopesni mag'lub etib, vakant bo'lgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgan va o'shanda ham har ikki aralash yakkakurash ustasi"Oqshom jangi" uchun mukofot pullari bilan taqdirlangan edi.

Rafael Fizievni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan engil vazn toifasi vakili Maurisio Ruffi hamda Jeymi Mallarkini og'ritish usuli bilan taslim etgan Kuillan Salkild "Yaxshi ishtirok uchun" 100 000 dollarlik bonuslarni qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, Benua Sen-Deni, Billi Elekana, Kemeron Rouston, Jonatan Mikalle ham bonus tarzida 25 ming dollardan oladigan bo'lishdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ