Ekitike bir mavsumda 10 va undan ortiq gol urgan «Liverpul» tarixidagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi
1 FEVRAL, 2026, 12:42
«Liverpul» hujumchisi Yugo Ekitike «Nyukasl»ga qarshi o'yinda (4:1) dubl qayd etib, joriy APL mavsumidagi 9- va 10-gollarini urdi.
Ushbu o'yin paytida Ekitikening yoshi 23 yosh 225 kun edi. Shu tariqa, u Maykl Ouendan (2000/01 mavsum — 21 yosh 138 kun) keyin bir mavsumda 10 va undan ortiq gol urgan «qizillar» tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
