logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Menyan: "Milan"da o'z uyimdagidekman"

 1 FEVRAL, 2026, 12:30

"Milan"ning frantsiyalik darvozaboni Mayk Menyan klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi. Menyan o'z qaroriga izoh berdi.

"Men juda mamnunman, baxtliman. Bu yangilik anchadan beri kutilayotgan edi. Menimcha, odamlar biroz charchagan ham, lekin sabr-toqat kerak edi. Menga ham, oilamga ham Milanda barchasi juda yoqadi. Klub bilan sovrinlar yutishni istayman. Bunga umid qilaman," - deya Menyan so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan "Milan" safida 2021 yildan buyon to'p surib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ