Messiga yangi mavsumda omad etishmayapti
1 FEVRAL, 2026, 09:18
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining yangi yilda ishlari u qadar yurishmayapti.
Messi "Atletiko Nasonal"ga qarshi bahsning 76-daqiqasida maydonga tushdi, ammo yana darvozaga gol ura olmadi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik yulduz "Inter Mayami"ning "Alyanza Lima"ga qarshi o'yinida ham gol ura olmagan edi, o'shanda "Inter Mayami" 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
