logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike "PSJ"dagi darvozabonlar o'rtasidagi raqobat haqida fikr bildirdi

 31 YANVAR, 2026, 18:18

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabon pozitsiyasidagi raqobat haqida gapirdi. Parij jamoasida asosiy tarkib uchun Matvey Safonov, Lyuka Shevale va Renato Marin raqobatlashmoqda.

"Bu borada faqat bir narsani aytishim mumkin: bunday uchta darvozabonim borligidan xursandman. Menga barcha pozitsiyalardagi raqobat yoqadi. Bu zamonaviy futbol. Har doim o'zgartirish mumkin bo'lgan narsalar bor - men bunga tayyorman. Takror aytaman, bunday darajadagi uchta darvozabonim borligidan juda mamnunman," - dedi Enrike jurnalistlarga.

1 fevral, yakshanba kuni "PSJ" Frantsiya chempionatida "Strasburg" mehmoni bo'ladi. G'alaba qozonilsa, parijliklar ochkolar bo'yicha "Lans"ni ortda qoldirib, turnir jadvalidagi birinchi o'rinni qaytarib oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ