«Real»ning birdaniga 3 nafar himoyachisi mashg'ulotlarga qaytishdi
31 YANVAR, 2026, 18:06
Madridning "Real" klubi La Ligada ertaga bo'lib o'tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yin uchun mashg'ulotlarni yakunladi.
Marca xabariga ko'ra, bugungi mashg'ulotlarda Trent Aleksandr-Arnold, Ferlan Mendi va Antonio Ryudiger qisman ishtirok etgan. Ular tiklanishning so'nggi bosqichida.
"Qirollik klubi"ning ertangi o'yini Toshkent vaqti bilan 18:00'da start oladi.
