logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Futbol qoidalarida inqilobiy o'zgarishlar kutilmoqda!

 31 YANVAR, 2026, 17:18

​IFAB (Futbol qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot) Londondagi yig'ilishida bir qator yangiliklarni muhokama qildi. Ushbu qoidalar 28 fevral kuni bo'lib o'tadigan Bosh Assambleyada rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.

Kutilayotgan asosiy o'zgarishlar:

VAR va burchak to'plari: Endi VAR hakamlari noto'g'ri belgilangan burchak to'plarini tuzatish huquqiga ega bo'ladi.

Ikkinchi sariq kartochka: VAR xato berilgan va qizil kartochkaga sabab bo'lgan (ikkinchi) sariq kartochkalarni tekshirishi mumkin bo'ladi.

8 soniya qoidasi: Endi nafaqat darvozabonlar, balki to'pni o'yinga kiritish (aut) va darvozadan to'pni tepib berishda ham 8 soniyalik cheklov amal qiladi.

Tezkor almashtirish: Zaxiraga olinayotgan futbolchi maydonni 10 soniya ichida tark etishi shart. Aks holda sanktsiyalar qo'llanilishi mumkin.

Qachondan kuchga kiradi?

Qoidalar odatda 1 iyundan boshlab kuchga kiradi. Bu degani, ushbu yozda AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan JCh-2026 turniri yangi qoidalar ostidagi ilk katta musobaqa bo'lishi mumkin!

Asosiy shart: VAR tekshiruvlari o'yinni to'xtatib qo'ymasligi va sur'atni tushirmasligi kerak. Ayniqsa, burchak to'plarini tekshirish tezkor amalga oshirilishi shart.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ