logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" Duranni sotib olmaydi

 31 YANVAR, 2026, 16:48

"Fenerbaxche" safida ijara asosida to'p tepayotgan "An-Nasr" forvardi Jon Duran "Yuventus"ga o'tmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" so'nggi paytlarda OAVda tarqalgan xabarlarga qaramay, haligacha Duranni sotib olish bo'yicha birorta taklif yubormagan. Ta'kidlanishicha, turinliklar hozircha forvardni sotib olishni rejalashtirmayapti. Klubning rejasiga ko'ra, Randal Kolo-Muanning "Tottenxem"dagi ijarasi yakunlanishini kutish va agar u "shporlar" safida qolmasa, uni qaytarishga harakat qilish rejalashtirilgan.

Joriy mavsumda Duran "Fenerbaxche" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kolo-Muani "Tottenxem" safida 24 ta uchrashuvda 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ