logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Azar: «Barselona»? Hala Madrid!»

 31 YANVAR, 2026, 14:54

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Eden Azar kataloniyaliklardan taklif olganida ham "Barselona" bilan shartnoma imzolamasligini aytdi.

"Yo'q. Yoshligimdan "Real" orzum bo'lgan. Futbol o'ynashni boshlaganimda doim otamga "Real"da o'ynashni istaganligimni aytardim. Albatta, "Barselona"ning o'yin uslubi, Messi bor edi, lekin... Hala Madrid!" - dedi Azar "Zack en roue libre" podkastida.

Azar 2019 yildan 2023 yilgacha "Real"da to'p surgan, shundan so'ng professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. "Qaymoqranglilar" safida belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 76 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ