logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Mening ishim emas": Simeone "Atletiko" transferlari haqida gapirdi

 31 YANVAR, 2026, 13:24

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni olib kelmaslik qaroriga izoh berdi.

Yanvar oyida «matraschilar» safini yarim himoyachi Konor Gallaxer («Tottenxem»), hujumchi Djakomo Raspadori («Atalanta») va qanot himoyachisi Xavi Galan («Osasuna») tark etdi. Biroq yangi futbolchilar, ko'rinishidan, jalb qilinmaydi.

«Nolta transfer? Bu mening tashvishim emas. Men murabbiyman va klub menga bergan futbolchilar bilan ishlash — mening vazifam», — deya argentinalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi ispan OAVlari.

21 turdan so'ng «Atletiko» La Liga jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi va etakchi «Barselona»dan sakkiz ochko orqada qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ