logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot: "Tanqidlarga chidashingiz kerak"

 31 YANVAR, 2026, 10:36

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o'ziga nisbatan tanqidlar haqidagi savolga javob berdi.

"Qizillar" bu mavsumda hali ham o'z formasi va barqarorligini topishga qiynalmoqda. Shanba kuni mersisaydliklar o'z uyida "Nyukasl" bilan o'ynaydi.

"Agar etarlicha o'yinlarda g'alaba qozona olmasangiz, tanqidlarga chidashingiz kerak. Hozir murabbiylar uchun avvalgidan ham qiyinroq bo'lishi mumkin: agar siz biror narsa yutgan bo'lsangiz ham tanqid saqlanib qolaveradi, bu ma'lum darajada adolatli, chunki bu yangi mavsum.

Men futbolchilarga birinchi bo'lib o'tgan mavsumni unutishni aytdim. Menimcha, meni o'tgan mavsum bo'yicha emas, balki bu mavsum bo'yicha baholash adolatli", dedi Slot matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ