CHimaev Pereyra jamoasiga "otvet" qildi: "Endi hech qanday hurmat yo'q!"
31 YANVAR, 2026, 10:16
Xamzat CHimaev Glover Teysheyraning Aleks Pereyra boshqa pog'onada ekani va agar jang bo'lib o'tsa, "Borz"ni uchinchi raunddan kechiktirmay nokautga uchratishi haqidagi fikrini etiborsiz qoldirmadi."Borz - 15 g'alaba. SHama - 13 g'alaba va 3 mag'lubiyat. O'rtamizdagi farq faqat shunda. Agar sen menga hurmat ko'rsatsang, men ham seni hurmat qilaman. Aleksning jamoasi juda ko'p gapiradi, shu sababdan endi hech qanday hurmat yo'q. Agar Pereyra mendan qochishni to'xtatsa, men ikki divizionda chempion bo'laman", - deb yozdi engilmas rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda nokautga uchragan Pereyra va Irji Proxazkaga bo'g'ilib yutqazayotgan Teysheyra suratini joylab.
Avvalroq CHimaev bir necha bor Pereyraga chaqiruv bergan, ammo braziliyalik bunga etibor bermagan. Xamzat oxirgi marta "Poatan"ga oktagonni joriy yilning iyun oyida Oq uydagi turnirda bo'lishishni taklif qilgandi.
Ayni paytda Xamzat CHimaev o'rta vazn toifasida, Aleks Pereyra yarim og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni bo'lib turibdi.

Manba: olamsport.com
