logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Australian Open. Ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida chempionlar aniqlandi

 31 YANVAR, 2026, 09:32

Melburn shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatida g'oliblar malum bo'lmoqda.

Ayollar o'rtasidagi juftlik musobaqasida belgiyalik Elize Mertens va xitoylik CHjan SHuay hamkorligi bosh sovrin sohibasiga aylandi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida qozog'istonlik Anna Danilina hamda serbiyalik Aleksandra Krunich tandemini mag'lubiyatga uchratib, Australian Open 2026 chempionligini qo'lga kiritishdi - 7/6(4), 6/4.

Bir soatu 49 daqiqa davom etgan final bahsida Mertens/CHjan juftligi 2 ta eys, 6 ta breykka erishib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Mertens faoliyatida uchinchi bor Avstraliya Ochiq chempionati chempioni (2021 va 2024 yilda ham bosh sovrin yutgan) bo'ldi. Uning "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi chempionlik titullari 6 taga etdi. 

G'oliblar 2000 reyting ochkosi va 900 000 Avstraliya dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqishdi. Danilina va Krunich esa 1300 ochko hamda 485 000 Avstraliya dollariga ega bo'lishdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ