logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" himoyachisi Robertson APL doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi

 31 YANVAR, 2026, 09:06

"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson Angliya Premer-ligasining 24-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'tgan mavsumda barchasi juda yaxshi o'tdi. Har bir o'yinda benuqson harakat qildik, muvaffaqiyatli seriyalarni amalga oshirdik va kerakli joyda ochko to'pladik. Bu mavsumda ishlar notekisroq ketmoqda, shuning uchun agar yil oxirigacha maqsadlarimizga erishmoqchi bo'lsak, mavsumning ikkinchi qismida barqarorlikni topishga harakat qilishimiz kerak.

Biz buni ko'rsatishimiz kerak. Ko'rinib turibdiki, chempionatdagi mag'lubiyatdan so'ng tezda reaktsiya bildirish muhim. O'tgan shanba juda ko'ngilsiz o'tdi. Hammasi shanba oqshomida "Enfild" chiroqlari ostida muxlislarimiz qarshisida maydonga tushib, qanday yaxshi jamoa bo'lishimiz mumkinligini yana bir bor ko'rsatishimizga bog'liq. Umid qilamanki, agar shunday qilsak, bu uch ochko uchun etarli bo'ladi", - deya Robertsonning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

23-turdan keyin "Liverpul" 36 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Ochkolari sonini 33taga etkazgan "Nyukasl" esa 9-pog'onadan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ