logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Havasbek Asadullaev Rossiya chempioniga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi

 31 YANVAR, 2026, 08:48

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.

Biz uchun ahamiyatlisi, "Lujniki"da o'tgan IBA.PRO 14 turnirida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadullaev (8-0, 5 KO) o'zi singari mag'lubiyat va durangi yo'q sobiq EBP chempioni, professionallar o'rtasida Rossiya chempioni Alan Xugaev (21-1, 10 KO)ga qarshi yarim o'rta vazn toifasidagi 8 raundlik jangda qarshi ringga chiqdi. 

To'liq sakkiz raund davom etgan jangda Asadullaev mezbon bokschini hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu Xugaevning ilk mag'lubiyati bo'ldi. U kechagi jangga qadar 21 ta g'alaba qayd etgan, 10 tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Havasbek esa prof ringdagi sakkizinchi g'alabasini tantana qildi. Nokautli g'alabalari soni 5 taligicha qoldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ