logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" yaqin soatlarda transfer haqida e'lon qiladi

 31 YANVAR, 2026, 08:48

Hujumchi Hamza Abdulkarim tez orada "Barselona"ning yangi a'zosi sifatida tanishtirilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" "Al-Ahli" bilan transfer shartlarini kelishib olgani haqida avval xabar berilgandi. Kataloniya grandi 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini bugun, shanba kuni e'lon qilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Xordi Batalya.

"Barselona" istiqbolli hujumchini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan joriy mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bitim qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 8 mln evroni tashkil etishi mumkin. Ispaniyaning amaldagi chempionlari bir necha oy davomida futbolchi bo'yicha muzokaralar olib borgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ