"MYu" Kollierni yana ijaraga berdi
31 YANVAR, 2026, 08:06
"Manchester Yunayted" yarimhimoyachi Tobi Kollierni mavsum oxirigacha ijara asosida Chempionshipdan "Hall"ga o'tganini e'lon qildi.
Mavsumning birinchi yarmida 22 yoshli ingliz "Vest Bromvich" sharafini himoya qilgan va dekabr oyi oxirida jarohat tufayli chaqirib olingan edi.
Joriy mavsumda Kollier 12 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, yarim himoyachi faoliyati davomida "MYu" safida 13 ta o'yin o'tkazgan.
