logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Virts van Deyk va Saloh uni "Liverpul"ga o'tishga qanday ko'ndirganini aytib berdi

 31 YANVAR, 2026, 07:48

"Liverpul" yarimhimoyachisi Florian Virts "Bayer"dan transfer oldidan Virjil van Deyk va Muhammad Saloh bilan suhbatini yodga oldi. Ingliz grandi nemis yulduzini o'tgan yilning yozida "farmatsevtlar"dan 125 mln evroga sotib olgan edi.

"Men "Liverpul"ni keyingi rivojlanish uchun munosib joy deb hisobladim, chunki klub haqiqatan ham buyuk. Kelishdan oldin murabbiy bilan gaplashdim, Van Deyk va Saloh ham men bilan bog'lanishdi. Ular "Liverpul"ga o'tishni yolvorib so'rashmadi, shunchaki klub haqida tushuncha berishga harakat qilishdi. Virjil kelishimdan xursand bo'lishini, jamoani yanada kuchliroq qila olishimni aytdi. Buni eshitish yoqimli edi", - deydi 22 yoshli futbolchi BBC bilan suhbatda.

Florian Virts Arne Slot jamoasi safida 31 ta o'yinda beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ