Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanini o'tkazib yubordi
30 YANVAR, 2026, 19:00
Yakshanba kuni "Manchester Siti" Premer-liga doirasida "Tottenxem" mehmoni bo'ladi. Juma kungi matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'rniga uning yordamchisi Pepeyn Leynders qatnashdi.
"Murabbiy bilan hammasi joyida, har doimgidek. U motivatsiyaga to'la. Bu shaxsiy masala. Bugun u Manchesterga qaytadi," - dedi Leynders jurnalistlarga.
BBC xabariga ko'ra, payshanba kuni Xosep Gvardiola Barselonadagi xayriya kontsertiga tashrif buyurgan.
"Manchester Siti" Premer-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal"dan Xosep Gvardiola jamoasi 4 ochko ortda qolmoqda.
