logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Ko'p sovrinlar": Darvozabon Joan Garsiya "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi

 30 YANVAR, 2026, 13:06

“Barselona” darvozaboni Joan Garsiya klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi uchun Xans-Diter Flik jamoasidagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli o'tmoqda. O'tgan yozda darvozabon “Espanol”dan 25 million evro evaziga sotib olingan edi.

“O'zimni “Barselona”da uzoq yillar qolaman, jamoa bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritaman deb tasavvur qilaman. Ilk sovrinim allaqachon qo'lga kiritildi [Ispaniya Superkubogi], biz barcha musobaqalarda kurashni davom ettiryapmiz. Katta orzularim bor, ammo eng muhimi — navbatdagi o'yin”, — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi Sport nashri.

Ayni paytda “Barselona” La Liga turnir jadvalida etakchilik qilmoqda va Madridning “Real” klubidan bir ochkoga oldinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ