logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lamin Yamal JCh-2026 finalida qaysi terma jamoaga qarshi o'ynashni istayotganini aytdi

 30 YANVAR, 2026, 12:48

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal klubning sobiq forvardi Neymar bilan bo'lgan do'stligi haqida so'zlab berdi.

“Menga Braziliya juda yoqadi, u erga yana qaytishni istayman. Neymar bilan gaplashdik va agar ikkimiz ham jahon chempionati finaliga chiqsak, keyin birga ta'tilga chiqamiz, deb kelishib oldik. JCh-2026da Ispaniya – Braziliya finalini intiqlik bilan kutyapman”, — deya 18 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi TNT Sports.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati–2026 yozda Shimoliy Amerikada o'tkaziladi. Musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ