Lingardga Angliya va Italiyadan takliflar bor
30 YANVAR, 2026, 12:06
Angliyalik yarim himoyachi Jessi Lingard klubsiz qoldi. Futbolchi «Seul» jamoasini tark etdi va erkin agent maqomiga ega bo'ldi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, Lingardga Angliya va Italiyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 2,2 million evro deb baholamoqda.
Yarim himoyachi «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lingard APLda jami 182 ta uchrashuv o'tkazib, 29 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma bergan.
